Aleksandr Zinchenko: Kevin de Bryuynedan chiroyliroqman

24 fev 2018, 08:20
“Man Siti” yarim himoyachisi o'zini jamoadoshi bilan o'xshatishlariga izoh berdi.

Ma'lum bo'lishicha, shaharliklarning ko'plab muxlislari Aleksandr Zinchenkoni ko'p holatda Kevin de Bryuynega o'xshatib uni Kevin deb chaqirishar ekan.

Bularning hammasidan xabardorman. Meni ko'p holatda “Kev” (de Bryuyne) deb chaqirishadi. Avtobusga chiqayotgan vaqtimda muxlislar mendan suratga tushishni so'rashadi. Ularga qaraganimda esa Kevin emasligimni tushunib, hayratlanishadi. Uzoqdan, balki, biz egizaklarga o'xshab ko'rinarmiz. Ammo men bunday deb o'ylamayman. Men unga qaraganda chiroyliroqman, - deydi Zinchenko.

O'xshash yangiliklar


Manba: Telegraph