Aleksandr Xomyakov: "O'yinga havo harorati o'z ta’sirini o'tkazdi"

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2017, 12:52
"Mashal" - "Neftchi" (2:2) uchrashuvidan so'ng Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildiradi.
Nima ham derdim, bahsda etarli darajada qiyinchilikka uchradik, o'yinga havo harorati ham o'z ta’sirini o'tkazdi.

Bugungi bahsda ikkala jamoa ham g'alabaga loyiq o'yin ko'rsata olmadi boisi har ikkala jamoa ham etarlicha xatoga yo'l qo'yishdi. Biz juda ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik va jangovor durang qayd etdik. Havo harorati issiq bo'lishiga qaramay shogirdlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi Xomyakov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz