Aleksandr Mochinov: "Oliy ligada kichik xatolar ham kechirilmaydi"

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2016, 22:54
"Obod" - "Paxtakor" (1:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov o'z fikrlarini bildirdi.
"Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobda yutqazdik, bundan albatta xafamiz. Yigitlar oliy liga xatolarni kechirmasligini tushunishmayapti. Xato va gol, xato va gol... "Paxtakor" kichik xatolardan ham gol urdi. Ikkinchi davradan oldin tarkibni kuchaytiramiz. Lekin bu borada katta o'zgarishlar bo'lmasa kerak. Jamoamizning potenciali juda katta. Har bir murabbiy har bir chiziqni kuchaytirishni istaydi. Raqobat har bir futbolchiga foyda keltiradi. Zaxira futbolchilari bilan muammo bor, zaxirada asosan yosh futbolchilar o'tiribdi.

O'yindan oldin aynan Norxonov penalti tepishni ko'p bor mashq qilgandi. U jamoamiz to'purari, mashg'ulotlar vaqtida deyarli barcha zarbadan gol urdi. Biroq o'yin paytida hayajon bo'ldi shekilli... ", - deydi Mochinov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia