Aleksandr Mochinov: "Istiqlol"ga qarshi o'yin juda foydali bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014, 15:02
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov "Istiqlol"ga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yig'in so'nggida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Menimcha yigitlar yig'indagi mashg'ulotlardan so'ng biroz charchashdi. Raqib birinchi ligada o'ynaydi, tajribali va kuchli futbolchilar borligi ko'rinib turibdi. Bugungi o'yin bizga juda foydali bo'ldi", - deb gap boshladi Mochinov.

"O'smirlar safida hech kimni alohida ko'rsata olmayman va buni istamayman. Sababi ularning barchasi hozircha faqat terma jamoaga nomzod sanalishadi. Hech kimni maqtash yoki yomonlash niyatim yo'q".

"Tayyorgarlikni davom ettiramiz. Iyul oyida xorijda yig'in o'tkazishni rejalashtirayapmiz. Faqat hozir rasman bo'lmagani uchun aniq gap ayta olmayman. Yaqin kunlarda bu haqda ma'lumot beriladi", - deydi Mochinov.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia