Alba: "Real" futbolchilariga tepadan buyruq bo'lgan"

Aslanov Jasurbek
1 may 2018, 14:39
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba "Real" LaLiganing 36-tur uchrashuvida Kataloniya klubiga chempionlik yo'lakchasi tashkil etmasligi haqida fikr bildirdi.

"Chempionlik yo'lakchasi? Albatta, "Barselona" buni qilgan bo'lardi. Buni "Santyago Bernabeu"da bajarganmiz. Ushbu ishda futbolchilar aybdor emas. Qarorni biz qabul qilmaymiz. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida biz ishtirok etmadik. Tepadan buyruq bo'lgani uchun "Real" bu ishni qilmayapti" - Alba.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi LaLiganing 36-tur uchrashuvi 6 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo