Alan Shirer: "Germaniyada super yulduzlar yo'q, lekin futbolchilar o'z ishlarini qoyilmaqom tarzda uddalashadi"

6 iyul 2014, 01:22
Angliyalik taniqli futbolchi Alan Shirer Germaniya terma jamoasining mundialdagi o'yini haqida to'xtalib o'tdi.

Yoaxim Lyov Fransiya bilan o'yinda Mertesakerni zaxirada qoldirib to'g'ri qildi. Mats Xummels esa o'z ishini a'lo darajada uddaladi. Nemislar kerakli paytda o'yinni "o'ldirishdi, istashsa tempni oshirishdi. O'z ishlarini a'lo darajada bajarishdi. Germaniyada super yulduzlar yo'q, lekin futbolchilar o'z ishlarini qoyilmaqom tarzda uddalashadi.


Manba: sports.ru