Alaba uchun bir yo'la Yevropaning 5ta top-klubi da'vogarlik qilmoqda

Alisher
26 dek 2020, 10:37
"Bavariya" himoyachisi David Alaba haligacha klubdan ketishni xohlamoqda.

28 yoshli avstriyalik futbolchining agenti Pini Zaxavi yanvarda "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Real", "Barselona" va "Chelsi" bilan muzokaralar olib borishga tayyor.

Takidlanishicha, futbolchi hozircha yuqoridagi klublarning hech biri bilan hali aloqaga chiqmagan. Alaba hali ham "Bavariya" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Avstriyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild