Alaba APL klubi bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2020, 19:25
David faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin.

“Bavariya” himoyachisi va “Chelsi” o'rtasida dastlabki kelishuv amalga oshgani aytilmoqda. Alaba qishki transfer oynasida londonliklar bilan shartnoma imzolaydi hamda bu 2021 yil yozida kuchga kiradi. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchi “aristokratlar” safiga erkin agent maqomida borib qo'shiladi.

David joriy mavsum myunxenliklar libosida 12 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As