31 yanvar kuni o'tkazilgan navbatdagi turda “Al-Jayish” klubi safarda "Al Vakra"ni yirik 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuvdagi gollarga "Al Jaish"ning braziliyalik yangi legioneri 9-raqamdagi Nilmar Da Silva (suratda) debyut o'yinidayoq "dubl"ga erishgan bo'lsa, Muhammad Jido va fransiyalik 10-raqamdagi o'yinchisi Kembo Ekokolar bittadan gol kiritishdi.
Klubning bugungi tarqatgan xabarlariga ko'ra nigeriyalik Kale Uchega javob berildi, u jamoani tark etgan. Kale Uche endi “Ar-Rayyan” jamoasining sharafini himoya qiladi.
"Al Vakra" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda maydonga yana bir braziliyalik hujumchi 20-raqamdagi Vagner Ribeyro va jamoaning hujumchisi Muhammad Muntarilar maydonga tushirilmadi, bu haqda murabbiy ularning tayyorgarlik mashqlarining birida jarohat olganligi tufayli hamda ushbu o'yinda boshqa taktika qo'llagani uchun maydonga tushirilmaganini ta'kidlab o'tgan.
QYULsining 18 turi ortda qoldi. “Al-Jayish” jamoasi bitta o'yin ko'p o'tkazgan holda hozir 33 ochko to'plab, turnir jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. Turnir jadvalini esa “Laxviya” klubi 40 ochko bilan boshqarib bormoqda.
“Al-Jayish” jamoasi navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida 4 fevral kuni OCHL-2014 pley off uchrashuvidan oldin “Muayzer” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, pley off uchrashuvi 8 fevral shanba kuni bo'lib o'tadi.