Angliya kubogi. "Arsenal" "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berdi va musobaqadan chiqib ketdi

5 apr 2026, 02:15
Angliya kubogi chorak final doirasidagi "Sautgempton" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 35-daqiqasida Ross Styuard hisobni ochdi. “Arsenal” hujumchisi Viktor Gyokeresh 68-daqiqada muvozanatni tikladi. 85-daqiqada “Sautgempton” yarim himoyachisi Shea Charls “kanonirlar” darvozasini ishg'ol qildi va jamoasiga g'alaba taqdim etdi.

Shu tariqa, “Sautgempton” Angliya kubogida yarim finalga chiqdi, “Arsenal” esa musobaqa bilan xayrlashdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia