"Al-Sadd" muxlislari Xavining qolishini istashmoqda. Klub ularni qo'llab-quvvatlamoqda

Aslanov Jasurbek
29 okt 2021, 22:33
Xavining "Barselona"ga o'tishi borasidagi xabarlar tobora ko'payib bormoqda.

Qatarning "Al Sadd" klubi o'z murabbiyi bo'lmish Xavining jamoadan ketishini unchalik ham istamayapti. Klub o'z "instagram" sahifasida Xavining qolishini so'rayotgan muxlislar qo'ygan postlarni qayta ulashmoqda. Muxlislar #StayXavi (Xavi, qol) xeshtegi orqali Xavining qolishini so'rashmoqda. Ammo,  bu harakatlar turli OAVlarda ko'rinish berishi bilan "Al Sadd"  shu mazmundagi postlarni o'chirib tashladi.

Eslatib o'tamiz, yaqin kunlarda Xavi "Barselona" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca