"Sharmanda! Sharmanda!" Xavi 92-daqiqada "Vilyarreal" darvozasi tomon belgilangan penalti bekor qilinganidan so'ng kameraga baqirdi

Alisher
28 yanv 2024, 01:31
Xavi "Barselona" foydasiga belgilangan penalti bekor qilinganidan so'ng kameraga baqirdi.

La Liga doirasidagi "Vilyarreal" (3:5)ga qarshi o'yinda "Barselona" xavbeki Ilkay Gyundoganning bergan zarbasi yarim himoyachi Santi Komesanening tirsakiga tegdi. Bosh hakam Xose Munuera Montero avvaliga nuqtaga ishora qildi, ammo keyinchalik videotakrorga yo'l oldi va qarorini o'zgartirdi.

Vaziyat hisob 3:3 bo'lib turganda sodir bo'ldi, shundan so'ng "ko'k-anorranglilar" ikkita to'p o'tkazib yuborishdi.

"Barselona" murabbiyi Xavi bu qarordan hayratda qoldi.

"Sharmanda! Sharmanda!" – deb qichqirdi Xavi to'g'ri kameraga qarab.


Xavi "Real" o'yinidagi hakamlik haqida: "La Ligani yutish qiyin bo'ladi. Ayrim narsalarni nazorat qila olmaymiz va bugun barcha buni ko'rdi" 



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca