"Al Nassr" MYUning ikki futbolchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2024, 00:55
Transferlar yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka va yarim himoyachi Kazemiroga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.

Saudiyaliklar Kazemironi ko'chib o'tishga undash uchun unga katta shartnoma taklif qilmoqchi. Uan-Bissaka uchun ham yaxshi shart-sharoitlar yaratiladi.

"Al Nassr" yanvar oyida futbolchilarni qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" o'zining yana ikki futbolchisini Saudiya Arabistoni klublariga sotmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail