"Al Jayish"da g'alaba, Sardor Rashidovdan gol

18 okt 2015, 21:39
Qatar yulduzlar ligasining 5-turidan o'rin olgan "Al Garafa" - "Al Jayish" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" klubi o'yinda 4:1 hisobida zafar quchdi. Rashidovning o'zi 71-daqiqada Romarinoning o'rniga maydonga tushib 87-daqiqada gol urishga erishdi.

"Al Jayish" 5ta o'yindan 11 ochko to'plab musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.


Qatar yulduzlar ligasi

"Al Garafa" - "Al Jayish" 1:4

Gollar
: Chikxaoui 31 penalti - Romarino 45, A.Hamdallah 72, 75 penalti, SARDOR RASHIDOV 87.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia