"Al Hilol" muxlislari "Al Nassr"ga qarshi bahsda "Messi! Messi!" deb baqirishdi

Aslanov Jasurbek
18 may 2024, 14:49
Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi bahsda Lionel Messi ismini aytib baqirishdi.

"Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatining 32-turida "Al Hilol" bilan durang (1:1) o'ynadi. Ronaldu ushbu bahsda assist ijro etdi.

27-daqiqada portugaliyalik gol urishga yaqin kelgan edi, u jamoadoshidan kelayotgan to'pni darvozaga burib yuborsa bo'ldi edi, biroq Krishtianu maqsadiga erisha olmadi.

O'yin yakunlanganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu maydonda o'tirgani, "Al Hilol" muxlislari esa "Messi! Messi!" deya baqirayotgani aks etgan video paydo bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail