⚡️ "Al Hilol" Mbappe transferi uchun 300 mln evro taklif qilmoqda

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023, 17:26
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Al Hilol" hujumchining transferi bo'yicha 300 mln evrolik rasmiy taklif bilan chiqqan.

Saudiya Arabistoni klubi Mbappening o'zi bilan hali muzokara o'tkazgani yo'q, PSJ esa Kilian "Real" bilan shartnoma borasida kelishib olganiga ishonch bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/jamesbenge