"Al Hilol" "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettiryapti

Narzulla Saydullayev
12 may 2014, 16:15
"Al Hilol" "Bunyodkor" bilan chorshanba kuni bo'lib o'tadigan OCHL nimchorak final javob o'yiniga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Yakshanba kunidan boshlangan jarayonda barcha futbolchilar qatnashyapti. Kecha engil jismoniy mashqlarni bajarish, o'yinni texnik tarafdan yaxshilash ustida ishlandi. Braziliyalik Tiago Neves safga qaytgan va mashg'ulotlarda ko'ngildagidek qatnashmoqda.

O'tgan haftada "Hilol" bilan shartnomani uch yilga uzaytirgan ikki futbolchi - Yosir Al Qahtoni va Muhammad Al Shlhub "Bunyodkor" bilan bahsdan keyin BAAning Abu Dabi amirligida joylashgan Al Ayn shahriga jo'nab ketishadi. Bu o'yinchilar BAAning "Al Ayn" jamoasi safida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda Amirliklar klubi sharafini himoya qilishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia