

“Shahr Xodro” jamoasi bilan bo'lgan bahs kutilganidek, oson kechmadi. Biroq, futbolchilarimiz vaziyatni to'g'ri baholay oldilar va g'alabaga erishdik. Menimcha, bundan ham ko'proq gol ura olardik.
Tan olish kerak, o'yin davomida raqib bizga munosib qarshilik ko'rsata oldi. Keskin pressing tashkil etishdi. Muhimi birinchi tur bo'lishiga qaramay, biz juda yaxshi natijaga erishdik. Futbolchilarimizning o'yinidan xursandman.
Menimcha, bu mavsum biz uchun anchayin qiyin bo'ladi. Chunki, bizga raqib bo'ladigan har bir jamoa deyarli ikki barobar ko'p kuch bilan o'ynashi aniq. Amaldagi chempion sifatida harakat qilish har doim qiyin bo'lgan”, - deydi “Al Hilol” bosh murabbiyi.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi Bafetimbi Gomis ham bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi:
“Ayni paytda biz uchun eng muhimi – g'alaba qozonganimiz. Bu futbolchilarning kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatmoqda. Lekin hozir xushyorlikni yo'qotadigan payt emas va biz darajamizni o'yindan-o'yinga oshirib borishimiz talab etiladi. Buning uchun bizda mahoratli futbolchilar va tajribali murabbiy bor. Bu esa bizning g'alabalarimizda muhim rol o'ynaydi”, - deydi fransiyalik forvard.

OFK rasmiy saytidan Yusufbek tarjimasi


