Bafetimbi Gomis faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2024
Hujumchi gollarini o'ziga xos tarzda nishonlashi bilan mashhur edi.

Liga 1ning yetakchi futbolchilaridan biri, "Sent-Eten", "Lion", "Suonsi" va "Marsel" klublarida to'p tepgan Bafetimbi Gomis butsasini mixga ilishga qaror qildi. 

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi (12 o'yin, 3 gol) 10 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Lion" – "Sent-Eten" uchrashuvi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin bu haqda gapirdi.

39 yoshli hujumchi Turkiya ("Galatasaroy"), Saudiya Arabistoni ("Al Hilol")da ham o'ynashga muvaffaq bo'lgan va faoliyatidagi so'nggi klubi Yaponiyaning "Kavasaki" jamoasi edi. Fransiyalik futbolchi faoliyati mobiynida 783 uchrashuvda 347 ta gol va 75 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o'tamiz, Bafetimbi Gomis Fransiya Kubogi va Superkubogi ("Lion")ni o'z ichiga olgan holda 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan, shuningdek, "Galatasaroy" tarkibida ikki marta Turkiya Superligasida g'olib chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN