Akromjon Komilov: “G'alaba qozondik, lekin hali finalga chiqqanimiz yo'q”

Narzulla Saydullayev
13 avg 2015, 12:38
O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib gol urgan Akromjon Komilov o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

“Paxtakor”ga qarshi o'yin og'ir o'tdi. To'g'ri dastlabki o'yinda g'alaba qozondik va o'zimizga kerakli natijaga erishdik. Ammo oldinda javob bahsi bor. Finalga chiqish uchun ikkinchi o'yinda ham bugungidek harakat qilish darkor. Dastlabki uchrashuvda barcha sheriklarim yaxshi harakat qilishdi. Murabbiylarning barcha topshiriqlarini bajarishdi. “Paxtakor” keyingi o'yinda bosimi kuchaytiradi va biz javob o'yiniga ikki barobar kuch bn harakat qilishimiz kerak”, - deydi Komilov.

- Uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladingiz...
- Sergey Lushan meni zaxirada qoldirib to'g'ri qildi. Chunki o'yinni chetdan kuzatishim va o'zimga kereli xulosani chiqarishim kerak edi. Bu menga foyda berdi deb o'ylayman. Gol bo'lgan vaziyatga kelsak imkoniyat bo'ldi deguncha darvozaga zarba beraman. O'sha vaziyatda ham to'p qulay kelgani uchun zarba berdim, shukurki gol bo'ldi.

- Oldinda “Sho'rtan” bilan G'uzordagi bahs kutib turibdi.
- Biz bugundan “Sho'rtan” bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladik. “Sho'rtan” ikkinchi davrani ikkita g'alaba bilan boshladi. O'yin og'ir o'tishini oldindan aytish mumkin. Biroq biz ham g'alabali seriyamizni davom ettishni istaymiz. Shu bois G'uzorga g'alaba uchun boramiz.

Narzulla Saydullaev
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia