Akrom Komilov finalda qizil kartochka olgan 10-futbolchi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2015, 10:50
Kecha 2015 yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor" klubi "Nasaf"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

O'yinning 64-daqiqasida "qaldirg'ochlar" himoyachisi Akrom Komilov ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etdi.

Bunga qadar O'zbekiston kubogi finallarida 9 nafar futbolchi qizil kartochka olgan. Shu tariqa, Komilov hal qiluvchi o'yinda maydondan chetlatilgan 10-futbolchiga aylandi.

Quyida final o'yinlarida qizil kartochka olgan barcha futbolchilar bilan tanishing:

1992 yil
NAVBAHOR - TEMIRYO'LCHI - 0:0 (Penaltilar bo'yicha 6:5)

Hakam: Gali Imomov.
Chetlatishlar: Ulug'bek Ro'zimov 86 - Shuxrat Rahmonqulov 86.

1993 yil
PAXTAKOR - NAVBAHOR - 3:0 (0:0)

Hakam: Noil Lutfullin.
Chetlatish: Farxod Magometov 85 (Paxtakor).

1997 yil
PAXTAKOR - NEFTCHI - 3:2 (Asosiy vaqt 2:2)

Hakam: Sardor Najafaliev.
Chetlatishlar: Rustam Do'rmonov (89) (Neftchi).

2007 yil
PAXTAKOR - BUNYODKOR 0:0 (Penaltilar bo'yicha 7:6) 

Hakam: Noil Lutfullin
Chetlatishlar: Ixeruome Uche 23 – Aziz Haydarov 52

2009 yil
PAXTAKOR - BUNYODKOR - 1:0 (1:0)

Hakam: Marat Ismoilov
Chetlatishlar: Ilhom Suyunov 87 - Xayrulla Karimov 10.

2014 yil
BUNYODKOR (Toshkent) – LOKOMOTIV (Toshkent) 0:1

Hakam: Kim Don Jin (Janubiy Koreya)
Chetlatish: Jasur Hasanov (120) (Lokomotiv)

2015 yil
BUNYODKOR (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) 1:2

Hakam: Ravshan Ermatov
Chetlatish: Akrom Komilov (64) (Bunyodkor)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia