Akmal Xolmatov “Neftchi”ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
13 may 2016
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi tarkibida uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan taniqli futbolchi Akmal Xolmatov yana “Neftchi” tarkibiga qaytganini ma'lum qilamiz.

Oliy liga-2015dan so'ng jamoani tark etgan Xolmatov qisqa fursat Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi tarkibida harakat qildi. Ayni paytda futbolchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Klub mutasaddilari tajribali futbolchini chempionat qaydnomasiga kiritish borasida tashkiliy ishlarni olib borishmoqda. Shunday qilib, tez orada Xolmatov “Neftchi” libosida maydonda gavdalanadi. Bu xabar farg'onalik muxlislarni quvontirishi tabiiy. Biz esa futbolchini yana jonajon jamoasi tarkibida yetakchilik qobilyatini namoyish etib, farg'onalik futbolchilarni muvaffaqiyatlar qayd etishida o'zining hissasini qo'shadi deb umid qilib qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz