
Pol Lambert Stivenni asosiy tarkibdan chiqarib tashlagandi, shu bois u boshqa klubga o'tib ketgandi.
Ayrlendning "Aston Villa" shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, shu bois Stiv endi klubga qaytishi dargumon.
"Ha, mening "Villa"dagi faoliyatim tugagan ko'rinadi, ammo hali shartnomam bor", - deydi Ayrlend Sky Sports ga.
"Agar "Stok"da o'zimni ko'rsata olsam va klub menga shartnoma taklif qilsa u holda "Villa"dagi faoliyatim rasman tugaydi".