

"Messi Manchestyerda plyajlar yo'qligini biladi. Unga bo'sh vaqtimizni asosan uyda o'tkazishimizni tushuntirdim. Manchester - ideal shaharligini aytdim. Bu yerda kun bo'yi uyda o'tirib, har uch kunda futbol o'ynash mumkin. Ob-havo katta ahamiyat kasb etmaydi. Biz u bilan birga o'ynagan bo'lardik", - deydi Aguero.
Avvalroq, "Manchester Siti" Messiga qiziqayotganligi haqida ko'plab xabarlar tarqalgandi.



