Aguero faoliyatidagi yubiley golini urdi va bu haqda o'z fikrini bildirdi

25 avg 2019, 20:50
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero APL 3-turidan o'rin olgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Argentinalik hujumchi ushbu bahsda dublga erishdi. 

"Og'ir o'yin bo'ldi, lekin yutishimiz kerakligini bilardik. Baxtiyorman, chunki maydon yaxshi holatda emasdi, ammo g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. 

400-goli haqida: Vau, men bu haqda bilmasdim. Ushbu gollarning hammasi muhim. Ularning orasida sevimli golim deb birortasini ayta olmayman. Gollar – har doim muhim, ular g'alaba qozonish uchun kerak bo'ladi", - deydi Aguero.

 Aguero 400 ta golidan 235tasini "Manchester Siti" tarkibida kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: bbc.com