AGMK qishdagi transfer bozorida faol bo'ladi: Short-listda Rustam Ashurmatov va qator futbolchilar bor

24 noya 2018, 13:13
Olmaliqning AGMK jamoasi qishki transfer bozori vaqtida o'z tarkibini keskin kuchaytirish rejalarini tuzib chiqqan.

Kelasi mavsumda OCHL saralash bosqichi orqali yangi mavsumga kirishadigan AGMK o'z oldiga OCHL guruh bosqichiga chiqish vazifasini qo'ygan. Shu boisdan jamoa o'z tarkibini keskin kuchaytirish rejalarini tuzib chiqmoqda. Ayni paytda jamoa safiga kelishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxati ancha uzun.

Klub bir qator kuchli ijrochilar va joriy mavsumda o'zini yaxshi taraflama ko'rsatayotgan iqtidorli futbolchilarga qiziqmoqda. AGMK short-listida tajribali va iqtidorli futbolchilar ko'pchilikni tashkil etmoqda.

Kecha saytimizga tashrif buyurgan "Extra TIME" loyihasi mehmoni bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov ham buni tasdiqladi.

Jamoa xususan "Bunyodkor" himoyachilari Akrom Komilov va Rustam Ashurmatovning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jiyani Rustam Ashurmatovni AGMK safiga ko'rishni istayotganini yashirib o'tirmadi. Shuningdek, qator futbolchilar bilan og'zaki muzokaralarga kirishilgan. Ammo hozircha hech bir futbolchi bilan kelishuvga erishilmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia