AGMK finalda "Paxtakor"ni ketma-ket 3 marotaba yutdi va 5 karra O'zbekiston chempioniga aylandi

17 dek 2019, 20:24
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2-bosqich final uchrashuvlari seriyasi yakunlandi.

Unda AGMK "Paxtakor" bilan chempionlik yo'lida bellashdi. 

Bu haqida AGMK klubi matbuot xizmati quyidagi sharhni yozdi: "Aleksandr Petrov jamoasi barcha masalani uch o'yindayoq hal etib, navbatdagi oltin medallarga ega chiqdi.

Dastlabki o'yinda "Paxtakor"ga hech qanday imkoniyat qoldirmay 6:1 hisobida g'alaba tantana qilindi. Ikkinchi kungi seriyada esa AGMK nominal mehmon sifatida "Paxtakor"ni 5:4 hisobida taslim qildi. Bugun, yani uchinchi seriyada AGMK "Paxtakor" darvozasiga javobsiz to'rtta gol urib, O'zbekistonning 5 karra chempioniga aylandi.

E'tiborlisi, AGMK qatorasiga beshinchi yili futzal shohsupasining yuqori cho'qqisida qolmoqda.


Futzal

O'zbekiston chempionati, 2-bosqich.

15 dekabr, yakshanba

Final, 1-o'yin.

AGMK - “Paxtakor” 6:1 

Gollar: Rahmatov (5), Valijonov (17), Usmonov (23, 35), Nishonov (25), Umarov (34) - Choriev (24)


16 dekabr, dushanba.

Final, 2-o'yin.

“Paxtakor” - AGMK 4:5 

Gollar: Shavkatov (14, 17, 19), avtogol (33) - Odilov (4), Hamroev (18, 25), Ropiev (21), avtogol (31)


17 dekabr, seshanba.

Final, 3-o'yin.

AGMK - “Paxtakor” 4:0 

Gollar: Berdiev (1), Ropiev (9), Nishonov (20), Usmonov (27)


Qo'lga kiritilgan navbatdagi chempionlik bilan Olmaliq shahri, AGMK jamoasining barcha muxlislarini tabriklaymiz!, - deyiladi AGMK matbuot xizmati xabarida.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia