Agent: "Pato "Vilyarreal"ni tanladi"

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2016
"Korintians" hujumchisi Aleshandre Pato agenti Gilmar Velos futbolchining "Vilyarreal"ga o'tishi borasidashi mish-mishlarga izoh berdi.

"Ko'plab klublar qiziqish bildirishdi, ammo Pato "Vilyarreal"ni tanladi. U "Korintians"ga o'z niyatini aytdi. Aleshandre tezroq ispan klubi safida maydonga tushmoqchi. Bu jamoa Patoni o'zida uzoq muddatga olib qolishga tayyor" - deydi Velos.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Estadio Deportivo