Agent: "Gvardiolaga hamisha kuchaytirish kerak, lekin Kulibali "Napoli"da baxtli"

Tolibjon Qosimov
29 dek 2017, 19:36
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining agenti Bruno Satin mijozi "Manchester Siti"ga o'tmasligiga ishonmoqda.

"Kulibali "Napoli"dan istalgan top-klubga o'tishi mumkin. Lekin, u Neapolda baxtli va shu yerda chempion bo'lmoqchi. Gvardiolaga esa har doim kuchaytirish zarur. O'ylashimcha, u hozir Kompaniga o'rinbosar qidirmoqda", - deya agentning so'zlarini keltirdi "A Bola".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola