

Oldinroq "Barselona" ushbu futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi borasida rasmiy ma'lumotlar berilgandi.
"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, LaLigada qatnashuvchi bir qancha klublar agarda Joan Laportaning bosimi ostida ushbu futbolchilar liga ro'yxatidan o'tkazilsa, tashkilotni sudga berishini va musobaqani haqiqiy emas deb hisoblashlarini ma'lum qilishgan.
Klublar bu borada o'zaro suhbatlar o'tkazib turishibdi va Olmoning ro'yxatdan o'tkazilishiga tezkor reakciya ko'rsatishga tayyor.



