Agar koronavirus bo'lmaganida O'zbekiston terma jamoasi yig'in boshlar edi...

Narzulla Saydullayev
25 may 2020, 17:26
Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi tufayli O'zbekiston Superligasi bahslari 3-turdan keyin to'xtatilgan.

Agar ushbu virus bo'lmaganida shu kunlarda Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz yig'in boshlagan bo'lar edi. Taqvim bo'yicha 24 may kuni Superliganing 11-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvlar bo'lib o'tishi kerak edi.

4 iyun kuni Toshkentda Singapur mehmon bo'lishi, 9 iyunda esa futbolchilarimiz Saudiya Arabistoniga borishlari kerak edi. Terma jamoalar o'yinlari hozircha noma'lum muddatga qoldirilgan, Superliga bahslari esa tez orada qaytishi mumkin.

Siz ham Superligani sog'indingizmi?

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia