Afsonaviy Taffarel "Galatasaroy"ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2018, 00:20
Mashhur sobiq braziliyalik darvozabon Klaudio Taffarel "Galatasaroy"ga qaytdi.

"Galatasaroy" yangi ustozi Fotih Terim Klaudio Taffarelni o'z shtabiga chaqirdi.

To'rt yil oldin Taffarel "Galatasaroy"da ishlagandi, endi u Terimning yordamchisi bo'ladi.

Klaudio "Internasonal", "Parma", "Redjina", "Atletiko Mineyro" va "Galatasaroy" klublarida o'ynagan, Braziliya terma jamoasida 101ta o'yin o'tkazib, 1994 yil Jahon chempioni bo'lgan. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fanatik.tr