Afrika qitasining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
17 noya 2023, 21:33
Afrika qitasining 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun da'vogarlar ma'lum qilindi.

Yakuniy ro'yxatga 10 futbolchi kiritildi. Ular: Riyod Mahrez ("Manchester Siti" / "Al-Ahli", Jazoir), Andre-Frank Zambo-Angissa ("Napoli", Kamerun), Vensan Abubakar ("Beshiktosh", Kamerun), Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr), Ashraf Xakimi (PSJ, Marokko), Sofyan Amrabat ("Fiorentina" / "Manchester Yunayted", Marokko), Yassin Bunu ("Sevilya" / "Al-Hilol", Marokash), Yussef En-Nesiri ("Sevilya", Marokash), Viktor Osimxen ("Napoli", Nigeriya), Sado Mane ("Bavariya" / "Al-Nasr", Senegal).

O'tgan yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi sifatida Sadio Mane qayd etilgandi. O'shanda u "Bavariya" tarkibida harakat qilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/CAF_Online