Afrika Millatlar Kubogining ochilish o'yini bekor qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2019, 17:48
Zimbabve terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi ochilish o'yinida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

Bugun zimbabveliklar musobaqa mezboni Misrga qarshi turnirning ochilish uchrashuvida ishtirok etishi kerak.

Ma'lumotlarga ko'ra, bazi futbolchilarga maosh berishmayotgani tufayli o'yinchilar boykot e'lon qilishi mumkin. Ular terma jamoani tark etishmoqchi.

Kecha federatsiya rahbarlari jamoa bilan uchrashdi, ammo tomonlar kelisha olishmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Associated Press