Afrika Kubogi vaqtida misrlik futbolchi termadan chetlatildi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2019, 00:32
Misr FF matbuot xizmati futbolchi Amra Varda milliy termadan chetlatilganini ma'lum qildi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, ushbu qarorga kelishga sabab futbolchining ayollarga bo'lgan munosabati bo'lgan. U ayollarga nisbatan jinsiy tajovuzlar qilgan.

Rasmiy xabarda esa Varda o'zining tartib-intizomini buzgani sabab qilib ko'rsatilgan.

25 yoshli Varda PAOK tarkibida o'ynaydi. U milliy termada 29 o'yinda qatnashib, 1 gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo