Adrian Mutu - "Neftchi" bosh murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2023
"Neftchi" "Inter", "Chelsi", "Yuventus" va Ruminiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Adrian Mutu jamoaning yangi murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

Ozarbayjon klubi ruminiyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Mutu bungacha "Voluntari", "Al Vahda" U-21, Ruminiya yoshlar terma jamoasi, "Universitatya Krayova" va Buxarestning "Rapid" klublarida ishlagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: neftchi.az