Adebayorning yangi manzili - "Paxtakor"

Alisher
4 dek 2019
Turkiyaning "Kayserispor" klubi togolik hujumchisi Emmanuel Adebayor bilan xayrlashdi.

Uning Shota Arveladze boshchiligidagi O'zbekiston chempioni "Paxtakor" bilan kelishuvga erishgani ma'lum. Aniqrog'i, futbolchi "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Adebayor uchun kecha o'tkazilgan Turkiya Superligasi doirasidagi "Beshiktosh"ga qarshi o'yin so'nggisi bo'ldi. Tajribali hujumchi bu o'yinda "Kayserispor"ning yagona goliga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Adebayor faoliyati davomida "Arsenal", "Real" va "Tottenxem" kabi nomdor jamoalarda o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: milliyet.com.tr