Adama Traore: "Biz katta hajmdagi ishni bajardik"

6 okt 2019, 21:20
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore APL 8-turida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)dan keyin o'z hissiyotlari bilan bo'lishdi.

"Men xursandman. 90 daqiqa davomida nafaqat men, balki butun jamoa katta hajmdagi ishni bajardik. Eng muhimi, g'alaba qozonishimizga ishonishda davom etdik. Bizning jamoa taslim bo'lmaydi, oxirigacha kurashamiz. Bugun xuddi shunday voqea bo'ldi. Jamoam va murabbiyim uchun juda xursandman. Mavsumni yomon boshlagandik, lekin ishlashda davom etsak, natija o'zi keladi. Har bir o'yinga alohida e'tibor qaratishimiz kerak. Bugun g'alaba qozondik, endi keyingi uchrashuvga e'tibor berishimiz lozim", – deydi Traore. 

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "bo'rilar"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi 

O'xshash yangiliklar


Manba: bbc.com