Abror Xusinov: "Bunyodkor" qanday jamoa ekanligi hech kimga sir emas"

Narzulla Saydullayev
30 mar 2017
Bugun oliy liganing 4-tur o'yinlari start oladi.
Toshkentda poytaxt "derbi"sida "Obod" - "Bunyodkor" o'zaro maydonga tushadi. Biz mazkur bellashuv oldidan mezbonlar himoyachisi Abror Xusinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Albatta, bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. Chunki "Bunyodkor" qanday jamoa ekanligi hech kimga sir emas. Ammo hammasi maydonda hal bo'ladi. Agar biz o'z o'yinimizni namoyish qilsak, har qanday raqibga qarshi o'yinlarda ijobiy natijaga erisha olamiz. Buni "Buxoro"ga qarshi bahsda isbotladik.

Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni etarlicha o'rgandik. Qolgani maydondagi kurashda hal bo'ladi.


"Obod" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia