Abror Pirriev Aziz G'anievning jarohati jiddiy bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
14 fev 2021, 12:09
"Lokomotiv" hamda O'zbekiston milliy termasi bosh shifokori Abror Pirriev telegram-kanalida "Shabab Al-Ahli" futbolchisi Aziz G'anievning jarohati borasida post qoldirdi.

"Kecha BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida kechgan kechki mashg'ulotdan qaytayotib yo'l davomida butun jamoa “Shabab Al-Ahli” klubining o'yinini tomosha qilib, Aziz G'anievga muxlislik qilib keldik. Mehmonxonaga yetib kelganimizda baxtga qarshi hamyurtimiz jarohat olib maydonni tark etdi. O'yin tugashini kutib klub shifokori bilan bog'lanishga harakat qildik. Ammo, hamkasbim ham menga o'xshab o'yinga qo'l telefonini olmaydi shekilli, aloqaga chiqa olmadik. Kechroq Azizning o'zi bilan qo'ng'iroqlashib, ahvoli bilan qiziqdik. – Ertaga tekshiruvga boramiz ekan, hozircha bilmadim...

Bugun ertalab mutasaddilarimiz orqali klub shifokori bilan gaplashdik. U, ilk tibbiy belgilarga ko'ra futbolchining tizza bo'g'inidagi jarohati jiddiy bo'lishi mumkinligi, aniq ma'lumotni esa barcha zarur tekshiruvlarni o'tkazib bo'lgach xabar berishini aytdi. 

Kutamiz va duodamiz...", - deb yozadi shifokor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad