Abidal Valverdening kelajagi haqida gapirdi

17 okt 2018, 23:23
“Barselona” texnik kotibi Erik Abidalning takidlashicha, klub rahbariyati Ernesto Valverdening o'zining kelajagi borasida qaror qabul qilishi uchun bosim o'tkazmaydi.

Mutaxassisning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning iyunida nihoyasiga etadi.

“Murabbiyning shartnomasi bor va kelajagi borasida uning o'zi qaror qabul qiladi. Na men, na klub prezidenti unga bu borada bosim o'tkazmaymiz.

Biz mavsumda davomida oldimizga qo'ygan vazifalarni bajarish uchun murabbiyni 100 foiz qo'llab-qo'vvatlaymiz”, deydi Abidal.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca