Abduqodir Husanov va boshqa yangi o'yinchilar uchun o'tkazilishi kerak bo'lgan maxsus tadbir "Etihad"ning yonidagi yong'in sabab bekor qilindi

Administrator
30 yanv 2025, 00:38
Bu haqda "Manchester Siti" rasman ma'lum qildi.

"Manchester Siti" klubining uy stadioni "Etihad" yonida yong'in chiqdi. Klub liboslari va atributlari sotiladigan kiosklarning birida kutilmaganda yong'in kelib chiqqan. "Manchester Siti" klubi ushbu yong'in allaqachon o'chirilganini ham ma'lum qilib ulgurdi. Biroq, YCHL oxirgi turidan o'rin olgan "Bryugge"ga qarshi muhim bahsni xavfsiz o'tkazish maqsadida klub bir necha tadbirlarni bekor qildi.  Rejaga ko'ra o'yindan oldin Abduqodir Husanov va klubning boshqa yangi o'yinchilari muxlislar bilan maxsus tadbirda ishtirok etishlari kerak edi. "Siti" ushbu tadbir bekor qilinganini ma'lum qildi.

"Manchester Siti" stadion yonida yong'in sodir bo'lganini tasdiqlaydi. Bugungi o'yindagi muxlislar xavfsizligi biz uchun birinchi o'rinda turadi. Shu sababli, o'yindan oldingi bazi tadbirlar bekor qilinadi. Yangi o'yinchilarni kutib olish, asosiy jamoaning yetib kelishi kabi tadbirlar bekor qilindi", -deyiladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: mancity.com