

"Uchrashuvdan oldin o'yin tomoshabop bo'ladi deb aytgandim, shunday ham bo'ldi. Baribir o'z yigitlarimga ishonaman. "Navbahor"da o'yin amaliyoti ko'proq ekani ularga yordam berdi. 2:3 hisobida yutqazgan bo'lsak ham o'yindan qoniqdim. Keyingi bahslarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Abdumalik Hakimov.



