Abdumalik Hakimov: "Navbahor"ga o'yin amaliyoti ko'pligi yordam berdi"

Narzulla Saydullayev
19 mar 2016, 19:22
O'zbekiston kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Cementchi" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Abdumalik Hakimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Uchrashuvdan oldin o'yin tomoshabop bo'ladi deb aytgandim, shunday ham bo'ldi. Baribir o'z yigitlarimga ishonaman. "Navbahor"da o'yin amaliyoti ko'proq ekani ularga yordam berdi. 2:3 hisobida yutqazgan bo'lsak ham o'yindan qoniqdim. Keyingi bahslarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Abdumalik Hakimov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia