Aaron Remzi: Jamoa ajoyib natijaga erishdi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2013, 09:26
Arsenal yarim himoyachisi Aaron Remzi YCHL 4-turidan o'rin olgan Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yindan (1:0) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
Bugun jamoa ajoyib natijaga erishdi. Dortmundda o'ynash juda og'ir. Muxlislarimizning qo'llab quvvatlashi fantaskik bo'ldi, ular bizga g'alaba qozonishimizga yordam berishdi.

Himoyada yaxshi o'ynadik. Jamoa hozir yaxshi formada. So'nggi o'yinlarda gol urayotganimdan xursandman, – deydi Remzi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru