A Seriyaning uch klubi PSJ forvardi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
26 may 2021, 15:48
Argentinalik forvard Mauro Ikardi yozgi transfer oynasida jiddiy tarzda PSJdan ketmoqchi.

O'yinchining ehtimoliy keyingi klubi A Seriyadan bo'lishi mumkin. 28 yoshli futbolchiga italyan top-klublari qiziqish bildirmoqa - "Yuventus", "Milan" va "Roma".

Parij grandi hujumchi uchun 40 million evro to'lansa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Mauro o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato