A Seriyaning oktyabrdagi eng yaxshi o'yinchisi e'lon qilindi

5 noya 2019, 09:21
Bu nomga “Lacio” futbolchisi ega chiqdi.

Rimliklar hujumchisi Chiro Immobile A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Immobile chempionatning oktyabrdagi 6 ta o'yinida 8 ta gol urishga erishdi.

Ayni damda Chiro A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Uning hisobida 11 turdan so'ng 13 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.



O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Serie A