A Seriyaning barcha klublari mavsum davom ettirilishiga rozi bo'ldi

21 apr 2020, 23:07
Bugun Italiya chempionati yuqori divizionida ishtirok etuvchi jamoalarning vakillari ishtirokida videokonferenciya o'tkazildi.

Muloqot davomida klublarning barchasi hukumat ruxsat berishi bilan musobaqani davom ettirishga rozilik berdi.

"Sport musobaqalarining tiklanishi FIFA va UEFA reglamenti, Italiya futbol federatsiyasining qarorlari, shuningdek, futbolchi va xodimlarni himoya qilish uchun joriy qilingan tibbiy protokollarga muvofiq amalga oshiriladi", - deyiladi A Serining rasmiy saytida.

A Seriyaning davom ettirilishiga 7 ta klub qarshi chiqmoqda

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia