

Klub "Salernitana"ga 2023 yilning oktyabrida kelgan 50 yoshli mutaxassisni iste'foga chiqardi.
"Salernitana" 9 fevralda o'z uyida 88 va 94-daqiqalarda to'p o'tkazib yuborgan holda "Empoli"ga mag'lub bo'ldi. Bu o'yin Inzagi uchun jamoadagi so'nggisi bo'ldi.
"Salernitana" A Seriyada so'nggi o'rinda bormoqda. 17-o'rindagi jamoa bilan o'rtadagi farq 6 ochkoni tashkil etadi.



