A Seriya. "Yuventus" dramatik uchrashuvda "Monca"ni mag'lub qildi

Mirjalol Normatov
2 dek 2023
A Seriyaning 14-turi doirasidagi "Monca" - "Yuventus" bahsi yakunlandi.

Turin klubining g'alabasi "tagiga olib kyetishi" mumkin bo'lgandi. Mezboglar 90+1-daqiqada hisobni tenglashtirgandi. Oradan ko'p o'tmay "Yuve" yana bir bor hisobda oldinga chiqib oldi.

Monca – Yuventus 1:2

"Stadio Comunale Brianteo"

Gollar: 0:1 – 12 Rabo, 1:1 – 90+1 Karboni, 1:2 – 90+4 Gatti.

Monca – Di Gregorio, Birindelli (Kolombo, 46), Kaldirola, D`Ambrozio, Mari (Karboni, 66), Kiryakopulos (Pedru Pereyra, 66), Galyardini, Pessina, Machin (Mota, 46), Kolpani (Karboni, 76), Churria.

Yuventus – Shchensny, Kambyazo (Lokatelli, 87), Aleks Sandro, Bremer, Gatti, Kostich, Rabo, Nikolussi-Kavilya (Danilo, 70), Makkenni, Keza (Kin, 76), Vlaxovich (Milik, 70).

Ogohlantirish: Kiryakopulos (9), Bremer (30), Milik (81).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia